TerDU rektori huzurida navbatdagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

Rektor rahbarligida prorektorlar, boshqarma va bo‘lim mas’ullari ishtirokida yig‘ilish tashkil etildi. Unda quyidagi dolzarb masalalar muhokama qilindi:

Ijro intizomining hozirgi holati;

xorijiy abituriyentlarni qabul qilish va bu boradagi tayyorgarlik ishlari;

O‘zbek-Afg‘on chegarasidagi xalqaro savdo markazida amalga oshirilayotgan loyihalar;

xorijiy o‘qituvchilarni jalb qilish, o‘qishni tiklash va ko‘chirish jarayonlari;

davlat grantlarini qayta taqsimlash ishlari;

TOP-300 OTM ta’lim dasturlari asosida o‘quv rejalarni takomillashtirish holati;

rahbar xodimlar faoliyatini KPI tizimi orqali baholash;

xalqaro reytinglarga kirish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar;

xorijiy investitsiyalar bo‘yicha vazirlikka hisobot tayyorlash holati;

Prezidentimizning 2022-yil 6-iyuldagi PQ-307-son qaroriga asosan Termiz davlat universitetiga yuklatilgan loyihalar ijrosi;

“Dolzarb 90 kun” doirasidagi ishlarning borishi.

Rektor topshirig‘iga ko‘ra, endilikda mas’ullarga berilgan topshiriqlarning ijrosini nazorat qilish va monitoringini olib borish maqsadida mobil platforma yaratilishi belgilandi.

Yig‘ilish yakunida mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi hamda belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi zarurligi ta’kidlandi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Rektor huzurida apparat yig‘ilishi tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tkazildi

  • 2026-07-21
  • 57

Termiz davlat universiteti rektori A. Toshqulov raisligida navbatdagi apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Batafsil

DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI

  • 2026-07-20
  • 41

Termiz davlat universiteti "O‘zbek tilshunosligi" kafedrasi o‘qituvchisi Qurbonmurodov Abror Abdurashidovich Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi

Batafsil

Termiz davlat universiteti vakili — Oʻzbekiston chempioni! 

  • 2026-07-18
  • 57

Joriy yilning 16–18-iyul kunlari Toshkent shahrida parayengil atletika sport turi boʻyicha oʻtkazilgan Oʻzbekiston chempionatida Termiz davlat universiteti

Batafsil