TerDUda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik

A.Toshqulov universitetda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik doirasida amalga oshirilayotgan qurilish, ta’mirlash va obodonlashtirish ishlari bilan yaqindan tanishdi.

Mas'ullar A.Navoiy ko‘chasi bo‘ylab barpo etilayotgan talabalar sayilgohi va ikkinchi yotoqxonaning birinchi qavatidan tadbirkorlik faoliyatlari uchun ajratilgan xizmat ko‘rsatish nuqtalarini rekonstruksiya qilish jarayoni bilan tanishdi. Bu hudud kelgusida talabalar, o‘qituvchilar, mahalliy aholi va mehmonlar uchun kun davomida sayr qilib, dam olish va turli xizmatlardan foydalanish mumkin bo‘lgan go‘shaga aylantiriladi. Muloqotlarda soya-salqin bu maskan, zamonaviy arxitektura va qulayliklarga ega ansambl bo‘lishi lozimligi ta’kidlandi.

Mutasaddilar shuningdek kimyo fakulteti binosidagi 450 o‘rinli majlislar zalida amalga oshirilayotgan kapital rekonstruksiya ishlarining borishi bilan ham tanishishdi.

Jarayonda, A.Toshqulov binoda joylashgan umum-ovqatlanish nuqtasidagi xavfsizlik talablariga javob bermaydigan qo‘shimcha qurilishlarni bartaraf etish, oshxonada shinam va qulay muhit yaratish bo‘yicha bergan ko‘rsatmalari ijrosini ko‘zdan kechirdi.

Endilikda kimyo fakulteti hududida yashil zonalar yanada kengaytirilib, noyob daraxt turlari ekiladigan bo‘ldi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Rektor huzurida apparat yig‘ilishi tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tkazildi

  • 2026-07-21
  • 57

Termiz davlat universiteti rektori A. Toshqulov raisligida navbatdagi apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Batafsil

DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI

  • 2026-07-20
  • 41

Termiz davlat universiteti "O‘zbek tilshunosligi" kafedrasi o‘qituvchisi Qurbonmurodov Abror Abdurashidovich Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi

Batafsil

Termiz davlat universiteti vakili — Oʻzbekiston chempioni! 

  • 2026-07-18
  • 57

Joriy yilning 16–18-iyul kunlari Toshkent shahrida parayengil atletika sport turi boʻyicha oʻtkazilgan Oʻzbekiston chempionatida Termiz davlat universiteti

Batafsil