Joriy yilning 15-may kuni bo‘lib o‘tgan Respublika komissiyasining 41-sonli majlisida bolalarning yozgi dam olishini tizimli tashkil etish bo‘yicha topshiriqlar berilgan edi. Ushbu vazifalar ijrosi doirasida TerDU rahbariyati tashabbusi va moddiy ko‘magi asosida universitet xodimlarining 25 nafar farzandi “Vaxshivor” oromgohida bepul hordiq chiqarish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.
Bolalar 12 kun davomida turli qiziqarli mashg‘ulotlar, o‘yinlar va madaniy tadbirlarda ishtirok etib, yangi o‘quv yiliga kuch va ilhom bilan tayyorgarlik ko‘rishmoqda.