"Saxovat" mahallasida joylashgan akademik litseyi

A. Toshqulov 2025/2026-o‘quv yiliga tayyorgarlik doirasida Termiz davlat universitetining "Saxovat" mahallasida joylashgan akademik litseyi, Tabiiy fanlar fakulteti hamda qiymati 36,1 milliard so‘mni tashkil etuvchi 9 qavatli, 800 o‘rinli yotoqxona qurilishi bilan tanishdi.

Yotoqxona hududida talabalar uchun qulay infratuzilmani yaratish masalalari mas’ullar ishtirokida muhokama qilindi. Shuningdek, akademik litsey direktorining o‘quv yili yakuniga bag‘ishlangan hisoboti  doirasida bildirgan takliflari muhokama qilinib, ularning ijrosini ta’minlash bo‘yicha aniq vazifalar berildi.

Rektor Tabiiy fanlar fakulteti tomonidan ilgari surilgan o‘quv, ilmiy izlanish, tadqiqot ishlari hamda mahsulot ishlab chiqarishga doir tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashini bildirib, zarur sharoitlar yaratish bo‘yicha mutasaddilarga aniq topshiriqlar berdi.

Rektor: Professor-o‘qituvchilar va talabalarda mehnat ta’tilidan so‘ng ijobiy kayfiyat uyg‘otadigan, daxldorlik hissini kuchaytiradigan eng muhim omillardan biri – bu ta’mirdan chiqqan shinam auditoriyalar va zamonaviy o‘quv sharoitlaridir. Shu sababli boshqaruv apparati ishni favqulodda rejimda tashkil qilishi zarur.

Rektor kun tartibiga ko‘ra, ertangi kunda ham universitet kampusida yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holatlarini ko‘zdan kechirishni rejalashtirgan.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Rektor huzurida apparat yig‘ilishi tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tkazildi

  • 2026-07-21
  • 57

Termiz davlat universiteti rektori A. Toshqulov raisligida navbatdagi apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Batafsil

DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI

  • 2026-07-20
  • 41

Termiz davlat universiteti "O‘zbek tilshunosligi" kafedrasi o‘qituvchisi Qurbonmurodov Abror Abdurashidovich Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi

Batafsil

Termiz davlat universiteti vakili — Oʻzbekiston chempioni! 

  • 2026-07-18
  • 57

Joriy yilning 16–18-iyul kunlari Toshkent shahrida parayengil atletika sport turi boʻyicha oʻtkazilgan Oʻzbekiston chempionatida Termiz davlat universiteti

Batafsil