TerDUda yangi o‘quv yiliga jadal tayyorgarlik: ta’lim, sport va xalqaro hamkorlik bir zamonda rivojlanmoqda!

A.Toshqulov universitet kampusida yangi 2025/2026 o‘quv yiliga tayyorgarlik doirasida amalga oshirilayotgan qurilish, joriy ta’mirlash va rekonstruksiya ishlarining borishi bilan yaqindan tanishdi.

Xalqaro hamkorlikdagi franshiza majmuasi Malayziyaning nufuzli Utara universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilayotgan franshiza majmuasida olib borilayotgan rekonstruksiya ishlari, ma’ruza zallari va auditoriyalardagi joriy ta’mirlash jarayonlari ko‘zdan kechirildi.

Rektor shuningdek, talabalar va ustozlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, sportning tennis turini rivojlantirish maqsadida barpo etilayotgan xalqaro standartlarga mos tennis maydoni qurilish jarayoni bilan ham tanishdi.

Yangi sport maydoni 24 soat faoliyat yuritishi rejalashtirilgani bois, yoritish tizimlari ham yuqori standartlar asosida o‘rnatilishi belgilandi. Jarayonda rektor tomonidan ishlar sifatli va muddatida amalga oshirilishi, zamonaviy hamda energiya tejovchi jihozlardan samarali foydalanish bo‘yicha mas’ullarga aniq ko‘rsatmalar berildi.

Rektor kun tartibiga ko'ra ertaga ham kampusdagi yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holatlari ko'zdan kechiriladi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Rektor huzurida apparat yig‘ilishi tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tkazildi

  • 2026-07-21
  • 57

Termiz davlat universiteti rektori A. Toshqulov raisligida navbatdagi apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Batafsil

DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI

  • 2026-07-20
  • 41

Termiz davlat universiteti "O‘zbek tilshunosligi" kafedrasi o‘qituvchisi Qurbonmurodov Abror Abdurashidovich Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi

Batafsil

Termiz davlat universiteti vakili — Oʻzbekiston chempioni! 

  • 2026-07-18
  • 57

Joriy yilning 16–18-iyul kunlari Toshkent shahrida parayengil atletika sport turi boʻyicha oʻtkazilgan Oʻzbekiston chempionatida Termiz davlat universiteti

Batafsil