Kattaqumda yashil hayot sari ilmiy qadamlar

Termiz davlat universiteti Hududiy tadqiqotlar markazi mutaxassislari Surxondaryo viloyati hokimligining 2025-yil 11-iyuldagi 04-04/1636-sonli xatiga asosan muhim ilmiy loyiha ustida ish olib bormoqda.

Mazkur loyiha doirasida Xitoy Xalq Respublikasining Shinjon geografiya va ekologiya ilmiy tadqiqot instituti olimlari bilan hamkorlikda Termiz va Jarqo‘rg‘on tumanlari hududida joylashgan Kattaqum cho‘lining aholi yashash joylariga (ko‘chma qum, issiq garmsel shamollar) salbiy ta’sirini kamaytirishga qaratilgan ilmiy asoslangan yechim va takliflar ishlab chiqilmoqda.

Buning doirasida quyidagi ishlar amalga oshirilmoqda:

joyni o‘rganish va monitoring qilish,

masofadan zondlash texnologiyalaridan foydalanish,

hududni xaritalashtirish va tahlil qilish,

cho‘l hududlarini ko‘kalamzorlashtirish rejalari,

ko‘chma qum barxanlarini mustahkamlash choralarini ishlab chiqish,

yashil ihotazorlar (yashil belbog‘lar)ni barpo etish,

cho‘lga mos o‘simliklar turlarini tanlash va ularni ekish strategiyasini ishlab chiqish.

Ushbu sa’y-harakatlar Surxondaryo iqlimi va ekologiyasi barqarorligini ta’minlash, aholi salomatligi va yashash sharoitlarini yaxshilashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Rektor huzurida apparat yig‘ilishi tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tkazildi

  • 2026-07-21
  • 57

Termiz davlat universiteti rektori A. Toshqulov raisligida navbatdagi apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Batafsil

DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI

  • 2026-07-20
  • 41

Termiz davlat universiteti "O‘zbek tilshunosligi" kafedrasi o‘qituvchisi Qurbonmurodov Abror Abdurashidovich Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi

Batafsil

Termiz davlat universiteti vakili — Oʻzbekiston chempioni! 

  • 2026-07-18
  • 57

Joriy yilning 16–18-iyul kunlari Toshkent shahrida parayengil atletika sport turi boʻyicha oʻtkazilgan Oʻzbekiston chempionatida Termiz davlat universiteti

Batafsil