Termiz davlat universiteti hamda Indoneziya Pedagogika universiteti mas'ullari ishtirokida onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Unda ikki tomonlama qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.
Ma'lumot o'rnida bakalavriat bosqichi bo‘yicha quyidagi ta'lim yo‘nalishlarda qo‘shma dasturlarni tashkil etish rejalashtirilmoqda:
Psixologiya
Huquqshunoslik
Iqtisodiyot
Magistratura bosqichi bo‘yicha esa:
Iqtisodiyot
Biologiya
Kompyuter tizimlari va ularning dasturiy ta'minoti( tarmoqlar va sohalar bo'yicha)
Lingvistika: Ingliz tili
Muzokaralarda shuningdek har ikki universitetning tegishli kafedra va fakultet vakillari ishtirok etib, o‘quv rejalari va akademik mazmunni muvofiqlashtirish bo‘yicha fikr almashdilar.
Ushbu hamkorlik ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida xalqaro ilmiy-akademik aloqalarni mustahkamlash va talabalar uchun yangi imkoniyatlar yaratishga xizmat qiladi.