TerDU rektori 2023–2025-yillarda amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha Termiz davlat universiteti akademik litseyi mas’ullarining hisoboti tinglandi.
Hisobotda o‘quv jarayonida erishilayotgan natijalar, amalga oshirilgan ishlar va ko‘rsatkichlardagi ijobiy o‘zgarishlar slaydlar orqali taqdim etildi.
Jarayonda litsey direktori ta’lim samaradorligini yanada oshirish maqsadida quyidagi takliflarni ilgari surdi:
Faollar zalida zamonaviy ta’mirlash ishlarini olib borish;
Axborot-kutubxona fondini boyitish uchun o‘quv va badiiy adabiyotlar xaridiga amaliy ko‘mak berish;
Kimyo, biologiya va fizika laboratoriyalarini zarur inventarlar bilan jihozlash.
A.Toshqulov mas’ullarga ta’lim sifati va samaradorligini oshirish, o‘quvchilarning ma’nan va jismonan sog‘lom ulg‘ayishlari uchun zarur barcha shart-sharoitlarni yaratish yuzasidan aniq topshiriqlar berdi.