Bugun Termiz davlat universitetida rektorimiz rahbarligida o‘quv-uslubiy va registrator ofis bo‘limlari faoliyatini yanada takomillashtirishga qaratilgan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv avvalida universitet rektori joriy yil boshida tashkil etilgan registrator ofis bo‘limi qisqa fursat ichida respublika OTMlari orasida e’tirof etilganini ta’kidlab o‘tdi. Hozirgi kunda mazkur bo‘lim orqali talabalar va fuqarolar uchun 77 ta xizmat turi yo‘lga qo‘yilgan.
Shuningdek, bo‘lim menejerlari tomonidan:
Grant o‘rinlarini qayta taqsimlash platformasi,
Yuklamalarni hisoblash,
Shaxsiy ish rejalarni shakllantirish kabi zamonaviy elektron ilovalar ishlab chiqilgani e’tirof etildi.
Rektor samarali faoliyat yuritib kelayotgan barcha xodimlarga minnatdorlik izhor qildi.
Shu bilan birga, yangi tasdiqlangan Nizom asosida o‘quv-uslubiy bo‘lim 4 ta bo‘lim va 1 ta sektordan iborat holda ish faoliyatini davom ettirishi ma’lum qilindi. Registrator ofis bo‘limidagi shtat birliklari amaldagi talablardan kelib chiqib qayta ko‘rib chiqilishi yuzasidan mas’ullarga topshiriqlar berildi.