Abdukarimova Qadriya, Termiz davlat universiteti talabasi, "Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida Boysun tumanidagi 6-umumta’lim maktabida 6-, 7- va 8-sinf o‘quvchilari o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yinini tashkil etdi.
Mazkur tashabbus orqali:
Maktab o‘quvchilarining intellektual salohiyati oshirilmoqda
Bo‘sh vaqtlarini sermazmun o‘tkazishiga imkon yaratilmoqda
Zakovat, tafakkur va jamoaviy ishlash madaniyati shakllantirilmoqda
Qadriya kabi tashabbuskor talabalarimizga omad va muvaffaqiyat tilaymiz! Bu kabi loyihalar – yoshlarning ijtimoiy faolligi va bilimga chanqoqligini yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etadi.