2025-yil 21-iyul kuni Termiz davlat universiteti rektori huzurida prorektorlar, boshqarma va bo‘lim boshliqlari ishtirokida navbatdagi ishchi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda quyidagi masalalar muhokama qilindi:
2025/2026-o‘quv yili uchun qabul jarayonlari bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar;
universitet kampusidagi bino va auditoriyalarni yangi o‘quv yiliga tayyorlash holati;
ijro intizomi va tegishli topshiriqlarning bajarilishi;
qo‘shma ta’lim dasturlari, ta’lim eksporti hamda investitsiya yo‘nalishida olib borilayotgan ishlar.
Yig‘ilish tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tdi. Rektor tomonidan ijro apparati boshlig‘iga vazirlik va universitet rahbariyati tomonidan berilgan topshiriqlar bajarilishini doimiy monitoring qilish va hisobotini yuritish bo‘yicha qat’iy topshiriq berildi.
Shuningdek, yig‘ilish davomida universitetning moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga qaratilgan taklif va taqdimotlar ko‘rib chiqildi. O‘quv ishlari bilan bog‘liq qonun hujjatlari mazmuni ishtirokchilarga tushuntirildi.