Talabamizdan namunali tashabbus!

TerDU Xorijiy filologiya fakulteti 2-kurs talabasi Xakimova Charos yozgi ta’tilni nafaqat maroqli, balki samarali o‘tkazmoqda. U Angor tumanidagi 110-maktabgacha ta’lim tashkilotida tarbiyachi sifatida faoliyat yuritib, bog‘cha yoshidagi bolalarga ingliz tili saboqlarini o‘tkazmoqda.

Charos alifbo, yozuv mashqlari va talaffuz bo‘yicha darslar orqali kichkintoylarning savodxonligini oshirish, ularning til o‘rganishga bo‘lgan qiziqishini shakllantirish yo‘lida jonbozlik ko‘rsatmoqda.

Ushbu tashabbus orqali u nafaqat bolalar uchun yangi bilimlar eshigini ochmoqda, balki o‘zining pedagogik ko‘nikmalarini, sabr-toqat va mehr bilan ishlash tajribasini ham boyitmoqda.

Bu — mehr, sabr va bilim uyg‘unligida ulg‘ayayotgan kelajak avlod uchun qo‘yilgan yana bir ahamiyatli qadam!

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Rektor huzurida apparat yig‘ilishi tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tkazildi

  • 2026-07-21
  • 57

Termiz davlat universiteti rektori A. Toshqulov raisligida navbatdagi apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Batafsil

DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI

  • 2026-07-20
  • 42

Termiz davlat universiteti "O‘zbek tilshunosligi" kafedrasi o‘qituvchisi Qurbonmurodov Abror Abdurashidovich Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi

Batafsil

Termiz davlat universiteti vakili — Oʻzbekiston chempioni! 

  • 2026-07-18
  • 57

Joriy yilning 16–18-iyul kunlari Toshkent shahrida parayengil atletika sport turi boʻyicha oʻtkazilgan Oʻzbekiston chempionatida Termiz davlat universiteti

Batafsil