Yozgi ta’til davrida talabalar bo‘sh vaqtini mazmunli va samarali o‘tkazish, ularning ilmiy salohiyatini oshirish maqsadida Termiz davlat universiteti Kimyo fakultetida "Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida "Amaliy kimyo laboratoriyasi" to‘garagi tashkil etildi.
Mazkur to‘garak orqali talabalar quyidagi imkoniyatlarga ega bo‘ladilar:
Nazariy bilimlarini amaliyotda mustahkamlash,
Kimyoviy tajribalar o‘tkazish ko‘nikmalarini rivojlantirish,
Zamonaviy laboratoriya uskunalari bilan ishlashni o‘rganish,
Kimyo faniga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirish.
"Amaliy kimyo laboratoriyasi" to‘garagi – bu talabalar uchun nazariya va amaliyotni uyg‘unlashtirish, kasbiy mahorat hamda ilmiy salohiyatni rivojlantirishga xizmat qiluvchi muhim maydon bo‘lib, kelajakda yuqori malakali mutaxassislar yetishib chiqishiga zamin yaratadi.