Kecha TerDUning Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi mas’ullari tashabbusi bilan «Qabul-2025» komissiyasi a’zolari ishtirokida «Korrupsiya taraqqiyot kushandasi», “Korrupsiya jamiyat tanasidagi saraton” mavzularida davra suhbati tashkil etildi.
Jarayonda Termiz davlat universiteti Kengashining 2023 yil 26 avgustdagi 1-son yig‘ilishi qarori bilan tasdiqlangan «Termiz davlat universitetining ichki tartibi qoidalari» va «Odob-axloq kodeksi» hamda boshqa korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha qabul qilingan me’yoriy hujjatlarning ahamiyati yana bir bor uqtirildi. Shuningdek, ayni vaqtda oliy ta’lim tizimida kuzatilayotgan ayrim korrupsion holatlar haqida statistik ma’lumotlar va misollar keltirib, ularning salbiy oqibatlari xususida to‘xtalib o‘tildi.