Bugun, Surxondaryo viloyatidagi belgilangan test markazlarida oliy ta’lim muassasalariga kirish bo‘yicha test sinovlarining beshinchi kuni yuqori tashkilotchilik va intizom asosida boshlandi.
Test jarayonlari Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan tasdiqlangan jadval va talablar asosida, barcha xavfsizlik hamda qulaylik choralariga amal qilgan holda tashkil etilmoqda.
Ushbu muhim jarayonda Termiz davlat universitetining ishchi guruhi ham faol ishtirok etyapti. Ular abituriyentlarga zarur yordam va maslahatlarni taqdim etib, test sinovlarining adolatli va shaffof o‘tishini ta’minlashga hissa qo‘shmoqda.
Barcha abituriyentlarga omad tilaymiz!