"Mahalla yettiligi" tizimi aholining turmush sifatini oshirishga qaratilgan muhim islohot

Mahalla – davlat va fuqaro o‘rtasidagi muhim bog‘lovchi bo‘g‘in sifatida jamiyatdagi ijtimoiy, iqtisodiy va infratuzilmaviy masalalarni hal etishda alohida o‘rin tutadi. Prezidentimiz tashabbusi bilan joriy etilgan "Mahalla yettiligi" tizimi aholining turmush sifatini oshirishga qaratilgan muhim islohotlardan biri hisoblanadi.

Ushbu tizim orqali aholi daromadlarini oshirish, ishsizlikni kamaytirish, tadbirkorlikni rivojlantirish, xotin-qizlar va yoshlar bilan samarali ishlash, jinoyatchilikni oldini olish, erta nikohlarning oldini olish kabi muhim vazifalar bosqichma-bosqich amalga oshirib kelinmoqda.

Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov rahbarligida o‘tkazilgan yig‘ilishda mazkur yo‘nalishdagi ishlar va "yettilik" faoliyati samaradorligini oshirish masalalari muhokama qilindi. Unda davlat boshqaruvi va huquqni muhofaza qiluvchi organlar, "Mahalla yettiligi"ning viloyat boshqarmalari rahbarlari, shahar va tumanlar hokimlari hamda ularning tegishli o‘rinbosarlari ishtirok etdi.

Yig‘ilishda tizim samaradorligini yanada oshirish, muammolarni mahallaning o‘zida hal etish, aholi ehtiyojlarini o‘rganish va manzilli yordamni tashkil etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilab olindi. Shuningdek, hududlarda hokim, prokuror, ichki ishlar va soliq organlari rahbarlariga har kuni ikkitadan mahallada "yettilik" faoliyatini o‘rganish va amaliy natijalarga erishish vazifasi yuklatildi.

Shundan so‘ng, viloyat rahbari Termiz shahridagi ixtisoslashtirilgan san’at maktabida oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarini topshirayotgan abituriyentlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. Xususan, ota-onalar uchun tashkil etilgan kutish maskanlaridagi imkoniyatlar ko‘zdan kechirildi va ularning fikr-mulohazalari tinglandi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

“Yangi davr universiteti: tahlil, mas’uliyat va strategik vazifalar”

  • 2026-05-18
  • 25

TerDUda rektor raisligida o‘tgan “Yangi davr universiteti: tahlil, mas’uliyat va strategik vazifalar” mavzusidagi kengaytirilgan umumiy yig‘ilish yakunlandi.

Batafsil

TERDUDA XORIJIY TILLAR BO‘YICHA “REKTOR OLIMPIADASI” BO‘LIB O‘TDI

  • 2026-05-16
  • 23

Termiz davlat universitetida viloyatdagi umumta’lim maktablari hamda akademik litseylarning bitiruvchi sinf o‘quvchilari o‘rtasida nemis va fransuz tillari bo‘yicha “Rektor olimpiadasi” yuqori saviyada tashkil etildi.

Batafsil

MATONAT, SHIJOAT VA G‘ALABA — TERDU QIZLARI YANA YUQORI NATIJA QO‘LGA KIRITDI!

  • 2026-05-16
  • 18

Toshkent davlat tibbiyot universiteti sport majmuasida talaba-qizlar o‘rtasida o‘tkazilgan “To‘maris izdoshlari” sport musobaqasining respublika bosqichida

Batafsil