Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov O‘zbekiston futzal federatsiyasi prezidenti Bekzod Mamatqulovni qabul qildi.

Uchrashuvda viloyatda futzalni rivojlantirish istiqbollari, mavjud muammo va kamchiliklarni bartaraf etish, infratuzilmani yanada takomillashtirish hamda ushbu sport turini ommaviylashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar atroflicha muhokama qilindi.

Ta’kidlanganidek, Surxondaryo viloyatida futzalni rivojlantirish jarayoni nisbatan kech boshlangan bo‘lsa-da, so‘nggi yillarda jadal sur’atlarda taraqqiy etmoqda. Xususan, "Surxon" jamoasi qisqa fursat ichida birinchi ligadan mamlakatimiz Oliy ligasi jamoalari safidan mustahkam o‘rin egallab, elitadagi mavqeini saqlab kelmoqda.

Bu esa yosh avlodning jismonan sog‘lom, ma’nan barkamol voyaga yetishi, sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish hamda futzalning ommalashuvida muhim omil bo‘layotgani qayd etildi.

Mazkur uchrashuv doirasida viloyatda futzal bo‘yicha musobaqalarni keng qamrovda tashkil etish, iqtidorli yoshlarni saralab, ularni qo‘llab-quvvatlash va klub faoliyatini institutsional asosda davom ettirish yuzasidan aniq vazifalar belgilab olindi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Rektor huzurida apparat yig‘ilishi tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tkazildi

  • 2026-07-21
  • 57

Termiz davlat universiteti rektori A. Toshqulov raisligida navbatdagi apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Batafsil

DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI

  • 2026-07-20
  • 42

Termiz davlat universiteti "O‘zbek tilshunosligi" kafedrasi o‘qituvchisi Qurbonmurodov Abror Abdurashidovich Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi

Batafsil

Termiz davlat universiteti vakili — Oʻzbekiston chempioni! 

  • 2026-07-18
  • 57

Joriy yilning 16–18-iyul kunlari Toshkent shahrida parayengil atletika sport turi boʻyicha oʻtkazilgan Oʻzbekiston chempionatida Termiz davlat universiteti

Batafsil