ТеrDU doktoranti xalqaro ekspeditsiya tarkibida

Termiz davlat universiteti arxeologiya yo’nalishi doktoranti Jasur Turdiyev Tojikiston Milliy muzeyi, Tarix, arxeologiya va etnografiya instituti hamda Rossiya Fanlar akademiyasi Etnologiya va antropologiya instituti hamkorligidagi xalqaro ekspeditsiyada ishtirok etmoqda.

Tadqiqotlar Tojikistonning “Sari Mayn” nomli qabriston hududida olib borilmoqda. Bu yerda 5–8 asrlarga oid 30 ga yaqin inson skeletlari topilgan. Ahamiyatli jihati shundaki, marhumlarning ko‘pchiligi mumiyalashgan bo‘lib, skeletlar ideal holatda saqlangan.

Antropologlar tomonidan qoldiqlarning yoshi, jinsi, kasallik belgilari aniqlanmoqda. Ushbu tadqiqotlar nafaqat Tojikiston, balki butun O‘rta Osiyo hududining qadimgi aholisi, ularning etnik kelib chiqishi va salomatlik holati haqida muhim ma’lumotlar berishi kutilmoqda.

Termiz davlat universiteti tadqiqotchilarining xalqaro ilmiy maydondagi faol ishtiroki biz uchun faxrdir!

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Rektor huzurida apparat yig‘ilishi tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tkazildi

  • 2026-07-21
  • 57

Termiz davlat universiteti rektori A. Toshqulov raisligida navbatdagi apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Batafsil

DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI

  • 2026-07-20
  • 42

Termiz davlat universiteti "O‘zbek tilshunosligi" kafedrasi o‘qituvchisi Qurbonmurodov Abror Abdurashidovich Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi

Batafsil

Termiz davlat universiteti vakili — Oʻzbekiston chempioni! 

  • 2026-07-18
  • 57

Joriy yilning 16–18-iyul kunlari Toshkent shahrida parayengil atletika sport turi boʻyicha oʻtkazilgan Oʻzbekiston chempionatida Termiz davlat universiteti

Batafsil