Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligining ishchi guruhi TerDUda!

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 254-sonli buyrug‘i asosida Surxondaryo viloyatiga biriktirilgan vazirlik boshqarma boshlig‘i B.Sobirov Termiz davlat universitetida bo‘ldi.

Tashrif doirasida, viloyatdagi oliy ta’lim muassasalarining birinchi prorektorlari, akademik litsey hamda texnikum direktorlari ishtirokida o‘quv seminari tashkil etildi. Seminarda “Dolzarb 90 kun” loyihasi tadbirlarini samarali tashkil etish yuzasidan aniq ko‘rsatmalar va tavsiyalar berildi.

Shuningdek, B.Sobirov universitetimizda loyiha doirasida amalga oshirilayotgan ishlar, maktab o'quvchilari uchun tashkil etilgan to‘garaklar faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

TerDU jamoasi yozgi ta’til davrida talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli va foydali tashkil etish, ularning salohiyatini yuzaga chiqarish yo‘lida faol ish olib bormoqda.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Rektor huzurida apparat yig‘ilishi tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tkazildi

  • 2026-07-21
  • 57

Termiz davlat universiteti rektori A. Toshqulov raisligida navbatdagi apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Batafsil

DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI

  • 2026-07-20
  • 42

Termiz davlat universiteti "O‘zbek tilshunosligi" kafedrasi o‘qituvchisi Qurbonmurodov Abror Abdurashidovich Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi

Batafsil

Termiz davlat universiteti vakili — Oʻzbekiston chempioni! 

  • 2026-07-18
  • 57

Joriy yilning 16–18-iyul kunlari Toshkent shahrida parayengil atletika sport turi boʻyicha oʻtkazilgan Oʻzbekiston chempionatida Termiz davlat universiteti

Batafsil