Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov joriy yilda yoshlar bilan uchrashdi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov joriy yilda oliy ta’limni muvaffaqiyatli yakunlagan, faolligi va tashabbuskorligi bilan ajralib turgan yoshlar bilan uchrashdi.

Muloqotda yoshlarning fikr va takliflari tinglandi, ularni amalga oshirish, bitiruvchilarni munosib ish o‘rinlari bilan ta’minlash masalalari muhokama qilindi. Bildirilgan takliflar asosida aniq vazifalar belgilandi.

Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularga tayanch bo‘lish — har bir rahbarning ustuvor vazifasiga aylanishi kerak. Men ham, barcha rahbarlar ham sizlarga yordamchi bo‘lamiz,
 — dedi viloyat hokimi.

Uchrashuv yakunida hokim o‘rinbosarlari, boshqarma va tashkilot rahbarlariga bitiruvchi yoshlar biriktirilib, ularning bandligini ta’minlash vazifasi yuklatildi.

Ma’lumot uchun, joriy yil Surxondaryo viloyatida 15 700 nafardan ortiq yosh oliy ta’lim muassasalarini tamomladi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Rektor huzurida apparat yig‘ilishi tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tkazildi

  • 2026-07-21
  • 57

Termiz davlat universiteti rektori A. Toshqulov raisligida navbatdagi apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Batafsil

DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI

  • 2026-07-20
  • 42

Termiz davlat universiteti "O‘zbek tilshunosligi" kafedrasi o‘qituvchisi Qurbonmurodov Abror Abdurashidovich Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi

Batafsil

Termiz davlat universiteti vakili — Oʻzbekiston chempioni! 

  • 2026-07-18
  • 57

Joriy yilning 16–18-iyul kunlari Toshkent shahrida parayengil atletika sport turi boʻyicha oʻtkazilgan Oʻzbekiston chempionatida Termiz davlat universiteti

Batafsil