Termiz davlat universitetida “Oq yoʻl sizga, bitiruvchi!” tadbiri oʻtkazildi. Unda bakalavr va magistratura taʼlim bosqichida tahsil olgan bitiruvchilar, ularning ota-onalari, professor-oʻqituvchilar, pedagoglar, keng jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Joriy oʻquv yilida universitet bakalavriatining kunduzgi taʼlim yoʻnalishlarini 1 ming 854 nafar, sirtqi taʼlim yoʻnalishini 2 ming 841 nafar talaba, magistratura mutaxassisliklari boʻyicha 154 nafar magistrant tamomladi. Ular orasidan minglab talaba-yoshlar tegishli ish beruvchilar bilan uch tomonlama shartnoma tuzish orqali oʻrinlariga yoʻllanma oldi.
Shuningdek, Termiz davlat universitetida bitiruvchilarni ish bilan ta’minlash bo‘yicha tizimli ishlar yo‘lga qo‘yilgan. Mehnat yarmarkalari tashkil etilib, korxonalar bilan uch tomonlama shartnomalar imzolanmoqda.