TerDUda “Dolzarb 90 kun”: Talabalarning ilmiy salohiyatiga kuchli turtki!

Termiz davlat universitetida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida talabalarning ilmiy va innovatsion salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan qator amaliy tadbirlar izchil olib borilmoqda.

Fizika-matematika fakulteti qoshidagi “Bir talabaga – bir loyiha” nomli ilmiy-amaliy toʻgarak talabalar va professor-oʻqituvchilar oʻrtasida samarali ilmiy hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, ularga amaliy tajriba berish hamda innovatsion fikrlashni ragʻbatlantirishga xizmat qilmoqda.

Mazkur toʻgarak doirasida Fizika-matematika fakultetining Astronomiya yoʻnalishi talabasi Voxidova Ruxshona ilmiy rahbar — pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Narbayev Azamat boshchiligida “Tomchilatib sugʻorish tizimini avtomatlashtirish” mavzusida tajriba-sinov ishlarini olib bormoqda. Ushbu loyiha qishloq xoʻjaligida suv resurslaridan oqilona foydalanish va zamonaviy texnologiyalarni tatbiq etishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.

Toʻgarak mashgʻulotlari iyul va avgust oylarida ham davom ettiriladi. Bu esa talabalarni yozgi taʼtil davrida ham ilmiy izlanishlar bilan shugʻullanishga, muammolarga innovatsion yechimlar topishga undamoqda.

“Bir talabaga – bir loyiha” – bu nafaqat bir fikr, balki yosh olimlarni yetishtirishga xizmat qiluvchi kuchli pratformadir!

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Rektor huzurida apparat yig‘ilishi tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tkazildi

  • 2026-07-21
  • 57

Termiz davlat universiteti rektori A. Toshqulov raisligida navbatdagi apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Batafsil

DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI

  • 2026-07-20
  • 42

Termiz davlat universiteti "O‘zbek tilshunosligi" kafedrasi o‘qituvchisi Qurbonmurodov Abror Abdurashidovich Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi

Batafsil

Termiz davlat universiteti vakili — Oʻzbekiston chempioni! 

  • 2026-07-18
  • 57

Joriy yilning 16–18-iyul kunlari Toshkent shahrida parayengil atletika sport turi boʻyicha oʻtkazilgan Oʻzbekiston chempionatida Termiz davlat universiteti

Batafsil