TerDU rektori universitetda o‘tkazilayotgan kasbiy (ijodiy) imtihonlar jarayonlari bilan tanishdi.
Imtihonlar TerDU kampusi va stadionida so‘ngi yillarda amalga oshirilgan keng ko‘lamli rekonstruksiya ishlari samarasida, xalqaro standartlarga to‘liq javob beradigan zamonaviy sport maydonlari, kuzatuv kameralari bilan jihozlangan auditoriyalarda o‘tkazilmoqda.
A.Toshqulov mas’ullar bilan uchrashuv chog‘ida ta’kidladi: "Adolat – har qanday faoliyatning bosh mezoni bo‘lishi shart. Seleksiya jarayonlari vijdonan amalga oshirilsa, haqiqiy iqtidorlar saralanadi. Biz bilim va layoqatga tayanadigan, yangi O‘zbekistonning fidoiy yoshlarini tanlashimiz kerak."
TerDU jamoasi bu talablarni amalda hayotga tatbiq etishda davom etadi.