Noan’anaviy tarzda tashkil etilgan diplom topshirish marosimida TerDUning Yuridik fakulteti hamda Kimyo fakulteti talabalari ishtirok etdi
Samimiy muloqotlarda farzand tarbiyasi yo‘lida ibrat ko‘rsatgan ota-onalarga ehtirom ko‘rsatildi, esdalik uchun suratlarga tushildi. Hatto yuridik fakultetini tamomlayotgan andijonlik bitiruvchining o‘n besh nafar qarindoshlari bilan alohida suratga tushildi.
Ayniqsa, talabalarga Erkin A’zamning Gonoluluga elchi kitobining sovg‘a qilinishi ularning kitob javonini yana bir shoh asar bilan boyitish barobarida 2054-yil nishonlanadigan universitetimizning 100 yilligi tadbirlariga taklifnoma ekanligi ularga universitet professor-o‘qituvchilarning mehrini, shogirdining kelajagiga bo‘lgan daxldorligini namoyon etdi.