Bugun TerDUda universitet Kengashining navbatdagi yig'ilishi bo'lib o'tdi

Unda dastlab universitetning 2025-2027-yillarga mo‘ljallangan strategiyasi tasdiqlandi. Ushbu strategiya universitetning rivojlanish yo‘nalishlarini belgilash hamda o‘quv jarayonining samaradorligini oshirishga qaratilgan. 

Shuningdek, "Termiz universiteti” gazetasida e'lon qilingan vakant ish o‘rinlari, jumladan, kafedra mudiri, professor, dotsent, katta o‘qituvchi, o‘qituvchi va o‘qituvchi-stajyor lavozimlariga oid tanlovlar muvaffaqiyatli o‘tkazildi hamda universitetda yaratilgan elektron platforma orqali Kengash a'zolari tomonidan ovoz berish yo‘li bilan natijalar tasdiqlandi.

Yig‘ilish davomida dotsent va professor ilmiy unvonlari uchun nomzodlarni tayinlash Nizomi tasdiqlandi, shuningdek, ilmiy unvonlarga tavsiya etish masalasi muhokama qilindi. Oliy ta’limdan keyingi ta’lim izlanuvchilar faoliyatining samaradorligi monitoring natijalari ko‘rib chiqilib, “Yoshlar akademiyasi liderlari” faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida vazifalar belgilandi.

Yakunda barcha masalalar bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilindi.
 

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Rektor huzurida apparat yig‘ilishi tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tkazildi

  • 2026-07-21
  • 57

Termiz davlat universiteti rektori A. Toshqulov raisligida navbatdagi apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Batafsil

DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI

  • 2026-07-20
  • 42

Termiz davlat universiteti "O‘zbek tilshunosligi" kafedrasi o‘qituvchisi Qurbonmurodov Abror Abdurashidovich Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi

Batafsil

Termiz davlat universiteti vakili — Oʻzbekiston chempioni! 

  • 2026-07-18
  • 57

Joriy yilning 16–18-iyul kunlari Toshkent shahrida parayengil atletika sport turi boʻyicha oʻtkazilgan Oʻzbekiston chempionatida Termiz davlat universiteti

Batafsil