TerDU va Malayziya universiteti o'rtasida hamkorlik aloqalari mustahkamlanmoqda

TerDU va Malayziya universiteti o'rtasida hamkorlik aloqalari mustahkamlanmoqda

Termiz davlat universiteti rektori Malayziyaning Utara universiteti (UUM) delegatsiyasi bilan uchrashuv o'tkazdi. Muzokaralar doirasida ikki oliy ta'lim muassasasi o'rtasida olib borilayotgan keng ko'lamli hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv davomida Utara universitetining o'quv ishlari va xalqaro hamkorlik bo'yicha prorektori Professor Dr. Mohd Azizuddin Mohd Sani hamda xalqaro hamkorlik markazi direktori Professor Arpah Binti Abu Bakar bilan quyidagi masalalar bo‘yicha to‘xtalib o‘tildi:

TerDU hududida Utara universitetining ta'lim markazini 2026-yildan ishga tushirish borasida olib borilayotgan ishlar;

"Kompyuter muhandisligi" yo'nalishida qo'shma ta'lim dasturini yo'lga qo'yish;

Professor-o'qituvchilar va talabalar almashinuvini akademik mobillik asosida rivojlantirish hamda joriy yilning noyabr oyida bir guruh Utara universiteti talabalarini TerDUga xalqaro qishki maktabga jo'natish;

Ilmiy-tadqiqot sohasida hamkorlikni kengaytirish bo'yicha TerDU professor-o'qituvchilarining Utara universiteti ilmiy kutubxona bazasiga kirish imkoniyatini ta'minlash kabi masalalar muhokama qilindi.

Samimiy suhbat yakunida universitet rektori A.Toshqulov delegatsiya a'zolariga universitet nomidan esdalik sovg'alarini topshirdi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Rektor huzurida apparat yig‘ilishi tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tkazildi

  • 2026-07-21
  • 57

Termiz davlat universiteti rektori A. Toshqulov raisligida navbatdagi apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Batafsil

DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI

  • 2026-07-20
  • 42

Termiz davlat universiteti "O‘zbek tilshunosligi" kafedrasi o‘qituvchisi Qurbonmurodov Abror Abdurashidovich Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi

Batafsil

Termiz davlat universiteti vakili — Oʻzbekiston chempioni! 

  • 2026-07-18
  • 57

Joriy yilning 16–18-iyul kunlari Toshkent shahrida parayengil atletika sport turi boʻyicha oʻtkazilgan Oʻzbekiston chempionatida Termiz davlat universiteti

Batafsil