Malayziyaning Utara universiteti delegatsiyasi bilan ikki tomon uchun xam manfaatli muzokaralar olib borildi
Uchrashuvda TerDUning o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor O‘.Ahmedov va xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektor G‘.Tog‘ayev, shuningdek Xalqaro aloqalar bo‘limi rahbar va xodimlari ishtirok etdi.
Tomonlar “Kompyuter muhandisligi” yo‘nalishidagi qo‘shma ta’lim dasturini amalga oshirish masalalarini muhokama qilishdi. Jumladan:
o‘quv rejalarini muvofiqlashtirish,
fanlarni semestrlar bo‘yicha taqsimlash,
malakaviy amaliyot sharoitlari,
professor-o‘qituvchilar almashinuvi grafigi kabi muhim yo‘nalishlar ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, Utara ta’lim markazi faoliyati bo‘yicha moliyaviy shartlar, bino ta’miri va zamonaviy jihozlar bilan ta’minlash, markaz xodimlarini tayyorlash rejalari yuzasidan ham batafsil muzokaralar olib borildi.
Uchrashuv yakunida barcha masalalar bo‘yicha o‘zaro kelishuvga erishildi va hamkorlikning yangi bosqichi belgilab olindi.