TerDU va Malayziyaning Utara universiteti

TerDU va Malayziyaning Utara universiteti (QS reytingida 491-o‘rin, THE 401–500) o'rtasidagi hamkorlik aloqalari ko'lami kengaymoqda.

Xabaringiz bor bundan bir muddat oldin TerDU rektori boshchiligidagi delegatsiya Malayziyaning Utara universitetida boʻlib, turli yoʻnalishlar boʻyicha hamkorlik aloqalarining huquqiy asosi memorandum imzolashgan edi.  Utara universiteti mas'ullarining TerDUga tashrifi ikki universitet o‘rtasidagi hamkorlikni keng koʻlamda olib borilishiga zamin yaratmoqda.

Tashrif davomida prof. Mohd Azizuddin Mohd Sani tomonidan “Ertangi kun uchun ta’lim: global o‘zgarishlar davrida ASEAN–Markaziy Osiyo hamkorligi” mavzusida seminar-trening o'tkazilib unda dunyodagi global o‘zgarishlar fonida xalqaro integratsiyaning muhimligi ta’kidlab o‘tildi.

Prof. Arpah binti Abu Bakar esa “Universitet yo‘nalishlarini xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazish” mavzusida, xususan AACSB tajribasi asosida, amaliy trening o‘tkazdi hamda Utara universiteti tajribalarini bo'lishdi.

Ushbu mashg‘ulotlar nafaqat o‘qituvchilar, balki yosh tadqiqotchilar va magistrantlar uchun ham yangi bilimlar, xalqaro tajribalar va keng ufqlar eshigini ochmoqda.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Rektor huzurida apparat yig‘ilishi tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tkazildi

  • 2026-07-21
  • 57

Termiz davlat universiteti rektori A. Toshqulov raisligida navbatdagi apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Batafsil

DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI

  • 2026-07-20
  • 42

Termiz davlat universiteti "O‘zbek tilshunosligi" kafedrasi o‘qituvchisi Qurbonmurodov Abror Abdurashidovich Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi

Batafsil

Termiz davlat universiteti vakili — Oʻzbekiston chempioni! 

  • 2026-07-18
  • 57

Joriy yilning 16–18-iyul kunlari Toshkent shahrida parayengil atletika sport turi boʻyicha oʻtkazilgan Oʻzbekiston chempionatida Termiz davlat universiteti

Batafsil