TerDU Axborot texnologiyalari fakulteti tashabbusi bilan Muzrabod tumanida ochiq eshiklar kuni va mehnat yarmarkasi tadbiri tashkil etildi.
Termiz davlat universiteti, Muzrabod tuman hokimligi hamda Bandlikka ko‘maklashish bo‘limi hamkorligida o‘tkazilgan tadbir davomida tumanining olis qishloqlarida istiqomat qiluvchi yoshlarga oliy ta’lim imkoniyatlari kengroq tanishtirildi. Mehnat yarmarkasi orqali esa korxona va tashkilotlardagi mavjud bo‘sh ish o‘rinlari xususida kengroq ma’lumotlar berildi.
Tadbir davomida yoshlar:
Turli yo‘nalishlar bo‘yicha ta’lim olish imkoniyatlari bilan yaqindan tanishishdi;
TerDU fakultetlari faoliyati haqida ma’lumot olishdi;
Kasbiy yo‘nalishlar bo‘yicha maslahatlar oldilar;
Ish o‘rinlari va amaliyot imkoniyatlari bilan tanishdilar.
Ushbu tashabbus yoshlarimizni oliy ta’limga jalb qilishda muhim qadamlardan biri bo‘lib xizmat qilmoqda.