Termiz davlat universitetida Indoneziyaning nufuzli oliygohi – Indoneziya Pedagogika Universiteti delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida quyidagi yo‘nalishlarda hamkorlik masalalari muhokama qilindi:
Professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvi;
Q1, Q2, Q3 Scopus jurnallarida hamkorlikda maqolalar chop etish;
Universitet ilmiy ko‘rsatkichlarini (indekslarini) oshirish;
Kelgusida qo‘shma diplom (Joint Degree) dasturlarini yo‘lga qo‘yish.
Shuningdek, muzokaralar natijasida fakultet miqyosidagi faoliyatga bag‘ishlangan hamkorlik shartnomasi imzolandi.