Termiz davlat universitetida “Dolzarb 90 kun” tashabbusi doirasida bir qator ilmiy-amaliy to‘garaklar faoliyat olib bormoqda. Kimyo fakultetida yo‘lga qo‘yilgan “Bir talabaga – bir loyiha” to‘garagi ayniqsa talabalar va professor-o‘qituvchilar o‘rtasida samarali hamkorlikni shakllantirishga xizmat qilmoqda.
.jpg)
Talabalar “Tabiiy efirlar singdirilgan vermikulit asosida gipoallergin xushbo‘ylantiruvchi mahsulotlar olish” hamda
“Plastik chiqindilardan suyuq yoqilg'i olish” mavzularida tajriba-sinov ishlarini olib borishmoqda.
.jpg)
To‘garak mashg‘ulotlari iyul va avgust oylarida ham davom etadi. Bu jarayonlar talabalarni innovatsion g‘oyalar bilan ishlashga, ilmiy izlanishlar orqali muammolarga yechim topishga undamoqda.
.jpg)
TerDU – yoshlarning ilmiy izlanish maydoniga aylangan maskan!