TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI TALABALARI— XORIJIY TA’LIM MAKONIDA

TerDUning xorijiy nufuzli OTM bilan o‘rnatilgan hamkorlik aloqalari, qo‘shma ta’lim dasturlari- talabalarimizga xalqaro maydonlarda o‘z salohiyatini namoyon etish imkonini bermoqda

Masalan, 2019–2023-yillarda Termiz davlat universitetida bakalavr darajasini olgan. O‘roqov Azamat 2023–2025-yillarda Rossiya Federatsiyasining Tatariston Respublikasida joylashgan nufuzli oliy ta’lim muassasasi — Qozon Federal Universiteti (QFU)ning magistrlik darajasini muvaffaqiyatli yakunladi.

Magistrlik dissertatsiyasi: “O‘rta asrlarda Termiz va uning atrofi arxeologiyasi” mavzusida yozilib, a’lo bahoga himoya qilindi.

Shuningdek, Mingturaev Asliddin ham QFU Xalqaro aloqalar bo‘limining “Turk xalqlari tarixi, iqtisodiyoti va madaniyati” magistrlik yo‘nalishini muvaffaqiyatli tamomladi.

Qozon Federal Universiteti 2025-yilgi QS World University Rankings reytingida 401-o‘rinni egallagan bo‘lib, bu universitetda olingan bilim va ilmiy tajriba bitiruvchilarimizga keng imkoniyatlar taqdim etadi.

Bitiruvchilarimizni ushbu yutuqlari bilan tabriklaymiz va kelgusi ilmiy faoliyatlarida ulkan zafarlar tilaymiz!

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Rektor huzurida apparat yig‘ilishi tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tkazildi

  • 2026-07-21
  • 57

Termiz davlat universiteti rektori A. Toshqulov raisligida navbatdagi apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Batafsil

DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI

  • 2026-07-20
  • 42

Termiz davlat universiteti "O‘zbek tilshunosligi" kafedrasi o‘qituvchisi Qurbonmurodov Abror Abdurashidovich Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi

Batafsil

Termiz davlat universiteti vakili — Oʻzbekiston chempioni! 

  • 2026-07-18
  • 57

Joriy yilning 16–18-iyul kunlari Toshkent shahrida parayengil atletika sport turi boʻyicha oʻtkazilgan Oʻzbekiston chempionatida Termiz davlat universiteti

Batafsil