Termiz xalqaro savdo markazida TerDU mas’ullari va talabalari ishtirokida “Sizning kelajagingiz – Termizda!” shiori ostida xalqaro taʼlim yarmarkasi tashkil etildi. Viloyat hokimi U.Qosimov ham ishtirok etgan tadbir davomida xorijiy mehmonlar va afg‘onistonlik yoshlarga universitetimizning imkoniyat va salohiyatlari xususida batafsil ma’lumotlar berildi.
Yarmarka ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollariga mutaxassislar tomonidan aniq javob olishdi.
Tadbir yakunida abituriyentlar uchun ro‘yxatdan o‘tish va ariza topshirish bo‘yicha amaliy ko‘mak ko‘rsatildi.
Ilm yo‘lida chegaralar yo‘q – sizning kelajagingiz aynan shu yerdan boshlanadi!