Xo‘jamayxona darasida zamonaviy turizm maskanini tashkil etish

Prezidentimizning Surxondaryo viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hamda infratuzilmasini yanada yaxshilashga oid qarorida Xo‘jamayxona darasida zamonaviy turizm maskanini tashkil etish bo‘yicha master-reja ishlab chiqish belgilangan.

Shu maqsadda, viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov Boysun tumanida o‘tkazgan sayyor qabuldan so‘ng Termiz davlat universitetining "Darband" o‘quv-amaliyot bazasi bilan tanishdi. U yerda universitet rektori tomonidan mavjud imkoniyatlar, ulardan samarali foydalangan holda amalga oshiriladigan loyihalar taqdimot qilindi.

Shuningdek, Xo‘jamayxona darasi bo‘ylab yurilib, zamonaviy turizm markazini tashkil etishga qaratilgan master-reja loyihalari bilan joyida tanishildi. Mazkur rejani takomillashtirish, unga zip-layn, kapsulali uylar, "hiking", "hard trekking", 5 kilometrli velo va piyoda yo‘laklari hamda boshqa zamonaviy turizm infratuzilma elementlarini kiritish vazifalari belgilandi.

Ushbu tashabbuslar Xo‘jamayxona darasida ekoturizmni rivojlantirish, 1-2 kunlik tabiat qo‘ynidagi sayrlar hamda 3 kun va undan ziyod davom etadigan ekstremal sayyohlik turlari uchun qulay sharoitlar yaratishga xizmat qiladi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Rektor huzurida apparat yig‘ilishi tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tkazildi

  • 2026-07-21
  • 57

Termiz davlat universiteti rektori A. Toshqulov raisligida navbatdagi apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Batafsil

DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI

  • 2026-07-20
  • 42

Termiz davlat universiteti "O‘zbek tilshunosligi" kafedrasi o‘qituvchisi Qurbonmurodov Abror Abdurashidovich Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi

Batafsil

Termiz davlat universiteti vakili — Oʻzbekiston chempioni! 

  • 2026-07-18
  • 57

Joriy yilning 16–18-iyul kunlari Toshkent shahrida parayengil atletika sport turi boʻyicha oʻtkazilgan Oʻzbekiston chempionatida Termiz davlat universiteti

Batafsil