Uzun tumanida ham TerDUning targ‘ibot tadbirlari bo‘lib o‘tdi

Bugun Termiz davlat universiteti Milliy libos va san’at fakulteti tashabbusi bilan Uzun tumanidagi bitiruvchi sinf o‘quvchilari ishtirokida Ochiq eshiklar kuni targ‘ibot tadbiri hamda Mehnat yarmarkasi tashkil etildi.

Tadbir davomida Termiz davlat universitetida mavjud bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha batafsil ma’lumotlar berildi. Muloqotlar chog‘ida universitet kampusida yaratilgan shart-sharoitlar, o‘quv-moddiy texnik baza, ilmiy va amaliy imkoniyatlar, shuningdek, universitetning moliyaviy va akademik mustaqil maqomi haqida so‘z yuritildi.

Ishtirokchilarga, shuningdek, universitetning xalqaro oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikdagi qo‘shma ta’lim dasturlari tanishtirildi. Tadbir davomida o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob olishdi.

Yakunda, tadbirni tashkil etishda yaqindan hamkorlik qilgan Uzun tumanidagi mas’ul tashkilotlar vakillariga Termiz davlat universiteti rektorining tashakkurnomalari topshirildi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Rektor huzurida apparat yig‘ilishi tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tkazildi

  • 2026-07-21
  • 57

Termiz davlat universiteti rektori A. Toshqulov raisligida navbatdagi apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Batafsil

DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI

  • 2026-07-20
  • 42

Termiz davlat universiteti "O‘zbek tilshunosligi" kafedrasi o‘qituvchisi Qurbonmurodov Abror Abdurashidovich Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi

Batafsil

Termiz davlat universiteti vakili — Oʻzbekiston chempioni! 

  • 2026-07-18
  • 57

Joriy yilning 16–18-iyul kunlari Toshkent shahrida parayengil atletika sport turi boʻyicha oʻtkazilgan Oʻzbekiston chempionatida Termiz davlat universiteti

Batafsil