Bandixon tumanida TerDUning targ‘ibot tadbirlari bo‘lib o‘tdi

Bugun Termiz davlat universiteti Tabiiy fanlar fakulteti tashabbusi bilan Bandixon tumanidagi 43 ta umumiy o‘rta ta’lim maktabining bitiruvchi sinf o‘quvchilari uchun “Kelajak faoliyat” mavzusida ochiq eshiklar kuni va mehnat yarmarkasi tashkil etildi

Tadbirda universitetning: 
70 yillik tarixiy yo‘li
51 ta bakalavriat yo‘nalishi
31 ta magistratura mutaxassisligi
O‘quv-ilmiy bazasi va zamonaviy sharoitlari
Xalqaro almashinuv va qo‘shma ta’lim dasturlari haqida atroflicha ma’lumotlar taqdim etildi.

Bitiruvchi o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob olishdi va kelajakdagi ta’lim yo‘nalishlarini tanlashda foydali maslahatlar olishdi.

Tadbir yakunida esa Bandixon tuman hokimligi, kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi hamda ta’lim bo‘limi xodimlariga Termiz davlat universiteti rektorining tashakkurnomalari topshirildi.

Bu kabi tadbirlar yoshlarimizni maqsad sari ilhomlantirish va ularni oliy ta’lim sari yetaklashda muhim qadam bo‘lib xizmat qiladi!

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Rektor huzurida apparat yig‘ilishi tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tkazildi

  • 2026-07-21
  • 57

Termiz davlat universiteti rektori A. Toshqulov raisligida navbatdagi apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Batafsil

DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI

  • 2026-07-20
  • 42

Termiz davlat universiteti "O‘zbek tilshunosligi" kafedrasi o‘qituvchisi Qurbonmurodov Abror Abdurashidovich Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi

Batafsil

Termiz davlat universiteti vakili — Oʻzbekiston chempioni! 

  • 2026-07-18
  • 57

Joriy yilning 16–18-iyul kunlari Toshkent shahrida parayengil atletika sport turi boʻyicha oʻtkazilgan Oʻzbekiston chempionatida Termiz davlat universiteti

Batafsil