Kurashdagi yuksak natijalar e’tirof etilgan uchrashuv

19–20-iyun kunlari Toshkent viloyatida o‘tkazilgan Kurash bo‘yicha Vazir Kubogi final bahslarida talabalarimiz ajoyib natijaga erishganidan xabaringiz bor.

Unda jami 5 ta vazn toifasida gilamga tushgan polvonlarimiz:

3 ta oltin

1 ta kumush medalni qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida 1-o‘rinni egallashdi.

Bugun universitet rektori A. Toshqulov g‘alaba sohiblari va ularning murabbiylari bilan uchrashib, samimiy suhbat o‘tkazdi. Unda yoshlarimizning sportdagi yutuqlari, mamlakatimizda sportga qaratilayotgan e’tibor va imkoniyatlar haqida so‘z bordi.

“Bu kabi natijalar ortida talab, mehnat, sabr-toqat hamda, ustozlarning mehri va fidokorona yordami turibdi”, – dedi rektor.

Rektor topshirig‘iga ko‘ra, sovrindor talabalar belgilangan tartibda moddiy rag‘batlantiriladigan bo‘ldi

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Rektor huzurida apparat yig‘ilishi tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tkazildi

  • 2026-07-21
  • 57

Termiz davlat universiteti rektori A. Toshqulov raisligida navbatdagi apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Batafsil

DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI

  • 2026-07-20
  • 42

Termiz davlat universiteti "O‘zbek tilshunosligi" kafedrasi o‘qituvchisi Qurbonmurodov Abror Abdurashidovich Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi

Batafsil

Termiz davlat universiteti vakili — Oʻzbekiston chempioni! 

  • 2026-07-18
  • 58

Joriy yilning 16–18-iyul kunlari Toshkent shahrida parayengil atletika sport turi boʻyicha oʻtkazilgan Oʻzbekiston chempionatida Termiz davlat universiteti

Batafsil