Talaba yoshlarning bo'sh vaqtini mazmunli o'tkazish maqsadida 4-TTJda ochiq osmon ostida she'riyat va adabiyot tadbiri o'tkazildi.
Ustoz-murabbiylar she’riyat va mutolaaning inson hayotidagi o‘rni haqida o‘z fikrlarini bildirishdi. Talabalar esa sevimli shoirlarining she’rlarini o‘qib, adabiyotga bo‘lgan mehrini namoyon etishdi.
Zulfiya, Abdulla Oripov, Erkin Vohidov kabi shoirlarning she’rlari, ayniqsa "Nido" dostonining birgalikda o‘qilishi barchada chuqur taassurot qoldirdi.
Bu kecha talabalar qalbida ilhom, zavq va unutilmas xotiralar qoldirdi.