Termiz davlat universiteti Boshlang'ich ta'lim kafedrasi o'qituvchisi Otamurodova Shamsu Qamar Otamurodovna Termiz davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi Ilmiy kengashda "Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi" ixtisosligidan “Diversifikatsiya tamoyili asosida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kreativlik potensialini oshirish metodikasini takomillashtirish (ona tili o‘qitish metodikasi fani misolida)” mavzusida pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qildi.

Universitet jamoasi nomidan Shamsu Qamar Otamurodovnani ushbu yutugʻi bilan qutlab, olimaga mustahkam sogʻlik, ilm yoʻlida muvaffaqiyat tilaymiz!