Joriy yilning 19-20-iyun kunlari O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti oliy taʼlim muassasalarida tahsil oluvchi barcha talaba-yigitlar o‘rtasida KURASH sport turi bo‘yicha “Vazir kubogi” musobaqasining Respublika final bosqichiga mezbonlik qildi.
Musobaqa davomida Respublikamizning 100 dan ortiq taʼlim muassasalaridan 200 nafardan ortiq polvonlar o‘rtasida 60 kg, 66 kg, 73 kg, 81 kg, 90+ kg vazn toifalarida qizg‘in va shiddatli bellashuvlar kechib, eng yaxshi kurashchilar aniqlandi.
Yakuniy natijalar quyidagicha bo‘ldi:
60 kg vazn toifasi g‘oliblari:
1-o‘rin: Sadulayev Asadbek – TerDU talabasi
2-o‘rin: Ataniyazov Damir – QQDU talabasi
3-o‘rin: Shokirov Fazliddin – BuxDU talabasi
3-o‘rin: Egamberganov Asrorbek – UrDU talabasi
66 kg vazn toifasi g‘oliblari:
1-o‘rin: Sulaymonov Umar – O‘zDJTSU talabasi
2-o‘rin: Jo‘rayev Zokir – TerDU talabasi
3-o‘rin: Xursanov Obitjon – SamDU talabasi
3-o‘rin: Eshbadalov Oybek – O‘zDJTSU talabasi
73 kg vazn toifasi g‘oliblari:
1-o‘rin: Ayitbayev Asadbek – QQDU talabasi
2-o‘rin: Lolayev Sardorbek – TerDU talabasi
3-o‘rin: Mirzamurodov Mahmudjon – O‘zDJTSU talabasi
3-o‘rin: Karimbayev Kamronbek – NamDU talabasi
81 kg vazn toifasi g‘oliblari:
1-o‘rin: Mamadaminov Fozil – TerDU talabasi
2-o‘rin: Tuhtamishev Zayniddin – O‘zb.Fin talabasi
3-o‘rin: Oqboyev Ravshan – ADU talabasi
+81 kg vazn toifasi g‘oliblari:
1-o‘rin: Amanturdiyev Oybek – TerDU talabasi
2-o‘rin: Terimov Og‘abek – O‘zDJTSU talabasi
3-o‘rin: Abdurazzoqov Abubakir – O‘zDJTSU talabasi
3-o‘rin: Shernazarov Quvonchbek – QarDU talabasi
G‘olib va sovrindorlarga Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi direktori Abdumalik Akramov, O‘zbekiston talabalar sporti assotsiatsiyasi raisining birinchi o‘rinbosari Erkin Qodirov, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti birinchi prorektor Sherzod Mirzanov tomonidan diplom, medal va chempionlik kubogi topshirildi.
Musobaqa g‘oliblari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan 1-o‘rin 5 million so‘m, 2-o‘rin 2 million so‘m va 3-o‘rin 1 million so‘m pul mukofotlari bilan ham taqdirlanadi.