Prezidentimiz raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha muhim vazifalar belgilab berilgan edi. Shunga muvofiq Termiz davlat universitetida “Dolzarb 90 kunlik” doirasida maktab o‘quvchilari va barcha xohlovchilar uchun xorijiy til kurslari faoliyat yuritmoqda.
Darslar jadvali:
Dushanba, chorshanba, juma — Ingliz tili va Turk tili
Seshanba, payshanba, shanba — Fransuz tili, Nemis tili, Rus tili
Barcha mashg‘ulotlar bepul bo‘lib, tajribali va mahoratli ustozlar tomonidan olib borilmoqda.
Aziz yoshlar! Termiz davlat universiteti jamoasi sizlar uchun yozgi ta’tilni nafaqat maroqli, balki manfaatli o'tishini ta'minlashga xayrxoh. Barcha eshiklar siz uchun ochiq!