Boysun tumanida TerDUning targ‘ibot tadbirlari bo‘lib o‘tdi.

Bugun Termiz davlat universiteti Kimyo fakulteti tashabbusi bilan Boysun tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli 39-umumta’lim maktabida 9–11-sinf o‘quvchilari ishtirokida “Kelajak faoliyat” mavzusida Ochiq eshiklar kuni hamda Mehnat yarmarkasi tashkil etildi.

Tadbir davomida 70 yillik tarixga ega Termiz davlat universitetining 51 ta bakalavriat yo‘nalishi va 31 ta magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha yaratilgan shart-sharoitlar, o‘quv bazasi, ilmiy va amaliy imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Shuningdek, universitetning xalqaro oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikdagi talaba almashinuvi va qo‘shma dasturlari doirasida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash yo‘nalishlari o‘quvchilarga tanishtirildi.

Tadbir davomida o‘quvchilar va maktab jamoasi faol ishtirok etib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javoblar olishdi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Rektor huzurida apparat yig‘ilishi tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tkazildi

  • 2026-07-21
  • 57

Termiz davlat universiteti rektori A. Toshqulov raisligida navbatdagi apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Batafsil

DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI

  • 2026-07-20
  • 42

Termiz davlat universiteti "O‘zbek tilshunosligi" kafedrasi o‘qituvchisi Qurbonmurodov Abror Abdurashidovich Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi

Batafsil

Termiz davlat universiteti vakili — Oʻzbekiston chempioni! 

  • 2026-07-18
  • 58

Joriy yilning 16–18-iyul kunlari Toshkent shahrida parayengil atletika sport turi boʻyicha oʻtkazilgan Oʻzbekiston chempionatida Termiz davlat universiteti

Batafsil