Xabaringiz bor joriy o‘quv yilining yakunlanishi arafasida, davlatimiz rahbari maktab ta’limi tizimidagi islohotlar samaradorligini yanada oshirish hamda kelgusidagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlab o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida yozga ta’til davrida yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil qilish maqsadida 1-iyun sanasidan 30-avgust kunigacha “Dolzarb 90 kunlik” e’lon qilingan edi
Berilgan topshiriqlar ijrosi doirasida viloyatimiz markazida Yozgi kasblar markazi faoliyatida tashkil etildi. Yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish ularni hunar o‘rganishga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish va qo‘llab-quvvatlashda Termiz davlat universiteti ustoz-murabbiylari ham faol ishtirok etmoqda.
Ayniqsa, Milliy libos va san’at fakulteti professor-o‘qituvchilari tomonidan tashkil etilgan “Amaliy san’at” to‘garagi yoshlarni nafis san’at olamiga yetaklab, ularning ijodiy tafakkurini rivojlantirmoqda.
To‘garak davomida ishtirokchilar milliy san’at namunalarini yaratish, bezak berish asoslari va boshqa foydali ko‘nikmalarni egallamoqda.
Yozgi kasblar markazidagi ushbu tashabbus nafaqat yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga, balki ularning kelgusidagi kasb tanlovi, ijodiy tafakkuri va milliy qadriyatlarga hurmatini oshirishga xizmat qilmoqda.