“Yoshlar kuni” munosabati bilan tashkil etilgan “Yangi Oʻzbekiston yoshlari, birlashaylik!” nomli tantanali konsert dasturida 2025-yil davomida yurtimizning ijtimoiy-siyosiy hayotida faol ishtirok etgan, tashabbuskor va ilgʻor yoshlar tantanali ravishda taqdirlandi.
.jpg)
Ular orasida Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi Termiz davlat universiteti boshlangʻich tashkiloti yetakchisi Tolipov Izzatullabekning faoliyati ham alohida e’tirofga sazovor boʻldi.
Mazkur yuksak e’tirof yoshlarimizning jamiyat taraqqiyotiga qoʻshayotgan ulkan hissasining yana bir dalilidir.
.jpg)