Xitoyda bo‘lib turgan TerDU delegatsiyasi xalqaro seminarda faol ishtirok etmoqda

TerDU vakillari Vuhan to‘qimachilik universiteti hamkorligida tashkil etilgan xalqaro seminarda ishtirok etishdi.

Ishtirokchilar Xitoyning mashhur kompaniyalari joylashgan Fuchjou shahriga tashrif buyurishdi. Bu shahar Xitoyning dengiz bo‘yidagi yirik port va sanoat markazlaridan biri hisoblanadi.

Delegatsiya a'zolari quyidagi kompaniyalar faoliyati bilan tanishdi:

Fujian Nebula Electronics

Deyi Cultural and Creative Group

Fujian Yongfu Power Engineering

Fujian Haishi Group

Hengshen Holding Group

Fujian Hanggang Knitwear

Fujian Jinyuan Textile

Fujian Jinlun High-tech Fiber

Ma'lumot o'rnida ushbu kompaniyalar elektronika, to‘qimachilik, maishiy va xo‘jalik buyumlarini ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi. Ularning mahsulotlari va ilg‘or texnologiyalari Osiyo, Yevropa va AQSh bozorlarida yuqori baholanadi.

Tashriflar davomida ishtirokchilar kompaniyalardagi ilmiy-tadqiqot ishlari, tijoratlashgan ixtirolar bilan yaqindan tanishishdi. Jarayonda TerDU olimlari va xorijiy hamkor universitetlar bilan qo‘shma ilmiy loyihalarni amalga oshirish bo'yicha muzokaralar olib borildi.

 

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Rektor huzurida apparat yig‘ilishi tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tkazildi

  • 2026-07-21
  • 57

Termiz davlat universiteti rektori A. Toshqulov raisligida navbatdagi apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Batafsil

DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI

  • 2026-07-20
  • 42

Termiz davlat universiteti "O‘zbek tilshunosligi" kafedrasi o‘qituvchisi Qurbonmurodov Abror Abdurashidovich Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi

Batafsil

Termiz davlat universiteti vakili — Oʻzbekiston chempioni! 

  • 2026-07-18
  • 58

Joriy yilning 16–18-iyul kunlari Toshkent shahrida parayengil atletika sport turi boʻyicha oʻtkazilgan Oʻzbekiston chempionatida Termiz davlat universiteti

Batafsil