Unda universitet rahbariyati tomonidan litsey bitiruvchilarining diplomlari tantanali ravishda topshirildi.
Ma’lumot o‘rnida joriy o‘quv yilida akademik litseyni 150 nafar o‘quvchi tamomladi. Ularning 15 nafari imtiyozli diplomlar, 2 nafari oltin va 3 nafari kumush medallar bilan katta hayotga qadam qo‘yishmoqda.
E’tiborli tomoni, bitiruvchi o‘quvchilarning 84 nafari fan bilish sertifikati, 102 nafari chet tilidan SEFR sertifikati, va 2 nafar o‘quvchilar IELTS, sertifikatlarini olishgan.
Tadbirda ayni ko‘rsatkichlar e’tirof etilib bitiruvchilarga ta’limning keyingi bosqichi tanlovlarida muvaffaqiyatlar tilandi.
Qo‘shimcha ma’lumot joriy yilning 10-iyun sanasidan yurtimizdagi barcha akademik litseylarida 2025/2026-o‘quv yili uchun umumta’lim maktablarining 9-sinf bitiruvchilaridan hujjatlar my.edu.uz portali orqali onlayn qabul qilinmoqda.
Qabul jarayonlari 10-iyulga (shu kuni ham) qadar davom etadi.