Xorazm viloyatida Urganch davlat pedagogika instituti mezbonligida o‘tgan respublika turniri mamlakatning turli hududlaridan saralangan 18 ta jamoa ishtirokida qizg‘in va murosasiz, shu bilan birga do‘stona ruhda o‘tdi.
Yakunda quyidagi 3 jamoa yuqori o‘rinlarni egalladi:
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti “Kritics” jamoasi;
Termiz davlat universiteti “Gumata” jamoasi;
Navoiy davlat universiteti “Sitseron” jamoasi.
“The best speaker” nominatsiyasi g‘oliblari:
1-spiker: Jalolova Lobar, “Sitseron”, NavDU;
2-spiker: Tojiboyeva Munisabonu, “Kritics”, TDIU;
3-spiker: Abdumutalova Zebo, “Taraqqiyot yoshlari”, O‘zMU.
Tanlov g‘oliblari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan 1-o‘rin 30 million so‘m, 2-o‘rin 20 million so‘m va 3-o‘rin 15 million so‘m pul mukofotlari hamda Yoshlar ishlari agentligi tomonidan smart televizorlar, shuningdek, I, II va III darajali diplomlar, shuningdek, turnir g‘olibi chempionlik kubogi bilan tantanali taqdirlandi.
Tanlovda faol ishtirok etgan barcha jamoa a’zolariga Yoshlar ishlari agenligi tomonidan kitoblar to‘plami va tashakkurnomalar topshirildi.