“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida Termiz davlat universitetida “Talabalar Kibersport o‘yinlari – 2025” Respublika chempionatining universitet bosqichi o‘tkazildi.
Ushbu chempionat talabalarning intellektual salohiyatini rivojlantirish, zamonaviy texnologiyalarga bo‘lgan qiziqishini oshirish va sog‘lom raqobat muhitini yaratish maqsadida tashkil etildi. Musobaqa davomida talabalar kibersport yo‘nalishidagi o‘z mahoratlarini namoyish etdilar.
G‘olib jamoalar bellashuvda yuqori natijalar ko‘rsatib, Respublika chempionatining hududiy bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdilar. Bu esa ularning kelgusi bosqichlarda universitet sharafini munosib himoya qilishlariga imkon yaratadi.