TerDU delegatsiyasi Tyanszin sport universitetida!

Termiz davlat universitetining jismoniy tarbiya va sport yo‘nalishidagi professor-o‘qituvchilardan iborat delegatsiya Xitoy Xalq Respublikasining Tyanszin sport universitetida bo‘lib turibdi.

Tashrif davomida ikki universitet o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlashga qaratilgan muzokaralar o‘tkazildi. Jumladan:

Talabalar almashinuvi dasturlarini yo‘lga qo‘yish;

O‘qituvchi-murabbiylar malakasini oshirish bo‘yicha hamkorlik kurslarini tashkil etish;

Sportchilar uchun o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlarini birgalikda tashkil qilish;

O‘quv dasturlarini uyg‘unlashtirib, qo‘shma ta’lim dasturlarini joriy etish;

Sport psixologiyasi va reabilitatsiya markazlari, shuningdek, sport ilmiy tadqiqot laboratoriyalarini (Tyanszin sport universiteti namunasi asosida) yaratish masalalari kelishib olindi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Rektor huzurida apparat yig‘ilishi tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tkazildi

  • 2026-07-21
  • 57

Termiz davlat universiteti rektori A. Toshqulov raisligida navbatdagi apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Batafsil

DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI

  • 2026-07-20
  • 42

Termiz davlat universiteti "O‘zbek tilshunosligi" kafedrasi o‘qituvchisi Qurbonmurodov Abror Abdurashidovich Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi

Batafsil

Termiz davlat universiteti vakili — Oʻzbekiston chempioni! 

  • 2026-07-18
  • 58

Joriy yilning 16–18-iyul kunlari Toshkent shahrida parayengil atletika sport turi boʻyicha oʻtkazilgan Oʻzbekiston chempionatida Termiz davlat universiteti

Batafsil