Xabaringiz bor Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tashabbusi bilan Termiz davlat universitetida kimyo fanidan respublika fan olimpiadasi boʻlib oʻtdi. Unda 60 nafardan ortiq bakalavriat bosqichi bitiruvchi talabalari ishtirok etdi.
Olimpiada ikki bosqichda tashkil etildi:
1-bosqich — yozma ish (video kuzatuv ostida);
2-bosqich — laboratoriya mashg‘ulotlari bo‘yicha amaliy topshiriqlar.
Har ikki bosqichda a'lo natijalar ko‘rsatgan ishtirokchilar orasidan eng yuqori ball to‘plagan uch nafar talaba g‘olib deb topildi:
1-o‘rin: Mamashukurov Nuridin (TerDU)
2-o‘rin: Rajabova Munisa (SamDU)
3-o‘rin: Isaev Elchinbek (UrDU)
G‘oliblarga maxsus diplomlar, esdalik sovg‘alari hamda magistraturaga imtiyozli o‘qishga qabul qilish yo‘llanmalari topshirildi.
Taqdirlash marosimida Termiz davlat universiteti rektori A.Toshqulov ishtirok etib, yoshlarning ilmiy salohiyatini yuksaltirishdagi bunday musobaqalarning o‘rni haqida to‘xtalib o‘tdi hamda barcha ishtirokchilarga ezgu tilaklarini yo‘lladi.
Samimiy muloqotlar yakunida esdalik uchun suratlarga tushildi.